KVOTA

KVOTA (lot. quota – qism, hissa) – 1) umumiy ishda ishtirok etuvchilarning har biriga to’g’ri keladigan hissa, qism, pay; Parlamentning palatalarida maxsus ajratilgan o’rin joy. Masalan, O’zbekiston Respublikasi. Oliy Majlisining yuqori palatasi Senatda Qoraqolpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarga oltitadan senatrlar uchun kvotalar ajratilgan. Yoki, Qonunchilik palatasida O’zbekiston Ekologik harakati uchun 15 nafar deputatga kvota ajratilgan. 2) Davlat organlari tomonidan o’tkaziladigan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tadbirlari tarzida muayyan tovarlar turlari eksporti va importiga miqdoriy cheklashlar kvotalash deb ataladi. Davlatlararo shartnomalarga ko’ra, ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan Kvota o’rnatiladi. Unga muvofiq, mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va eksport qilishi mumkin.