Kvota

Kvota (lot. quota — qism, hissa) — 1) umumiy ishda ishtirok etuvchilarning har biriga to’g’ri keladigan hissa, qism, pay; 2) muayyan davr uchun tovarlarni i.ch., iste’mol, sotish, eksport, import va b. iqtisodiy faoliyat sohalarida joriy qilinadigan miqdoriy cheklashlar. Dav- lat organlari tomonidan o’tkaziladigan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tadbirlari tarzida muayyan to- varlar turlari eksporti va importiga miqdoriy cheklashlar kvotalash deb ata- ladi. Davlatlararo shartnomalarga ko’ra, ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan K. o’rnatiladi. Unga muvofiq, mamlakat- lar yoki mamlakatlar guruhlari faqat belgilangan mikdordagi tovarlarni i.ch. va eksport qilishi mumkin (davlat- lararo kartel bitimlari). K. shartini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jixdtdan jazolanadi. Evropa Ittifoqi, turli xalqaro iqtisodiy birlashmalar (mas, OPEK)ning iqtisodiy faoliyatida, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda keng qo’llaniladi. K. o’rnatishdan maqsad bo- zordagi narxga turlicha ta’sir ko’rsatish, ichki bozorni himoya qilish, tovar takli- fini chegaralash, narxni muayyan daraja- da saqlab turish va b.dan iborat.