Kyusyu, Kiu – Siu

Kyusyu, Kiu – Siu (yaponcha — to’qqiz viloyat) — Yaponiyaning Jan. qismidagi Orol. Tinch okean, ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari b-n o’ralgan. Maydoni yondosh mayda orollar b-n birga 42,1 ming km2. Qirg’oq chi-zig’i notekis, qo’ltiq ko’p. Relefi, asosan tog’li, shim. va g’arbi sertepa va Allyuvi- al pasttekislik. K.ning eng baland joyi — Kudzyu vulkani (1788 m). So’nmagan vulkanlar bor, issiq bulok ko’p. Tez- tez zilzila bo’lib turadi. Iqlimi sub- tropik, mussonli iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi tog’larda 0°, tekisliklar- da 10°, iyulniki 15-28°. Yillik yog’in 1600-3000 mm. K.ning iqlimiga uning qirg’oqlari yaqinidan o’tadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining ta’siri katta. Tez-tez tayfun bo’lib turadi. Yi- rik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprog’i qizil va sariq tuproq. 850 m balandlik- kacha subtropik doim yashil o’rmonlar, un- dan yuqorisi igva bargli o’rmonlar, tog’ tepalari — butazor, o’tloq va yalangli- klar b-n band. K. — Yaponiyada o’simlik dunyosiga eng boy Orol. K.ning shim. Yaponiyaning asosiy ko’mir-metallurgiya bazasi; markazi va Jan. esa muhim q.x. rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaxarlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.