Lagerkvist (Lagerkvist) Per Fabian
Lagerkvist (Lagerkvist) Per Fabian (1891.23.5, Vekshyo – 1974.11.7, Stokgolm) — shved ezuvchisi va dramaturgi. Shvetsiya akademik (1940). «Temir va odam» (1915) novellalari, «qo’rquv» (1916) she’riy to’plamlari va «kayfiyat» (1919) asarida simvolizm ta’siri seziladi. Lagerkvist ijodda yangilikka intilib, nazm va nasrda shakliy kashfiyotlar yaratish yo’lidan borgan. Uning «Oxirgi inson» (1917), «mangu tabassum» (1920), «Ko’rinmas odam» (1923) dramalarida 1-jahon urushining dahshatlari, inson boshiga tushgan fojealar aks ettirilgan. «Yovuz sagalar» (1924) satirik to’plam va «bu dunyo mehmoni» (1925) avtobiografik qissasida turmush haqiqati yorqin ifodalangan . «Jallod» (1933), «Pakana odam» (1944) qissalari, «Ruh» (1937), «qo’shiq va jang» (1940) she’riy to’plamlari yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash ruhida. «Varavva» (1950) romanida qahri qattiq qaroqchining tarixi misolida odam Xudoni tanishi va iymonga kelishi haqida so’z yuritilgan. Lagerkvist Injil mavzulari asosida yaratilgan «Sivilla» (1956), «Agasferning o’limi» (1960), «Muqaddas yer» (1964), «Mariamna» (1967) va boshqa qissalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1951).