Lambert (Lambert) Iogann Genrix

Lambert (Lambert) Iogann Genrix (1728.26.8, Myulxauzen – 1777.25.9, Berlin) — nemis matematigi, fizigi, astronomi va filosofi. Berlin Fanlar Akademiyasi a’zosi (1765). Ilmiy ishlari geometriya (parallel to’g’ri chiziqlar, konus kesimlari, perspektiva nazariyasi), sferik trigonometriya va algebraga oid. Lambert l sonining irrasionalligini birinchi bo’lib isbotlagan (1766). U giperbolik funktsiyalar apparatini birinchilardan bo’lib qo’llagan va bu funktsiyalarga nom bergan (1768). Lambert mantiqiy hisobni ishlab chiqqan va J. Bul mantiqiy algebrasining g’oyalarini oldindan bilgan. Fizikada Lambert atmosferada yorug’lik refraktsiyasini o’rgangan, fotometriyaga oid tekshirishlar o’tkazgan, xira sirtlarda yorug’lik qaytishi nazariyasini bergan. Astronomiyada kometali orbitalarni, Yupiter va Saturn harakatlari xususiyatlarini tekshirgan.