Lambert qonuni

Lambert qonuni – yorug’lik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar bo’yicha taqsimoti qonuni. 1760 yilda I.Lambert bayon etgan. Lambert qonuniga ko’ra, yorug’lik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yo’nalishlarda bir xil bo’ladi. Bu qonun yorug’lik kattaliklari: masalan, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga o’tkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yo’nalish bo’yicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan ko’rinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorug’lik kuchi perpendikulyar bo’yicha eng katta qiymatga ega bo’lib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. Lambert qonuni mutlaq qora jismlar uchun o’rinlidir.