Landesshtat

Landesshtat (nemischa Landes-yer, viloyat va Staat-boshqaruv tizimi)-Boltiqbo’yi mamlakatlarida toifaviy dvoryanlikni joriy etish tizimi. XVII asrda shakllangan. Boltiqbo’yi Rossiya tarkibiga kirgach, to’la qaror topgan. Landesshtat asosida nemis dvoryanlarining imtiyozlari, markaziy hokimiyatga nisbatan keng muxtoriyat huquqi va dehqonlar ustidan hukmronligi yotadi. 1783-1787 yillardagi ma’muriy islohot natijasida tugatilgan. Landesshtat Pavel I davrida, 1796 yili qayta tiklangan. 1920 yili batamom tugatilgan.