Landshaft geofizikasi
Landshaft geofizikasi (fizikasi) – landshaftshunoslikning landshaftlarni va geografik prosesslarni fizika metodlari yordamida o`rganuvchi tarmog`i. Landshaft geofizikasida modda va energiya almashinuvining fizik jihatlariga; geografik qobiq va landshaftlarning energetikasiga; chunonchi yer yuzasining radiatsiya va issiqlik balansiga, tuproqlarning issiqlik hamda namlik rejimiga katta e’tibor beriladi.