Landshaft geokimyosi
Landshaft geokimyosi (kimyosi) – landshaftshunoslikning bir tarmog`i, landshaftdagi moddalar migratsiyasini o`rganuvchi fan. Landshaft geokimyosida geokimyoning eng muhim g`oyalari va metodlari landshaftlarni o`rganishda tadbiq qilinadi. XX asrning 40-yillarida tashkil topgan bu yo`nalishning asoschisi – akademik B.B.Polinovdir. Landshaft-geokimyoviy tadqiqotlarda biologik hamda texnogen modda almashinuviga, elementlar klarkiga hamda fizik-kimyoviy jarayonlarga katta e’tibor beriladi. Landshaft geokimyoviy mohiyatini ochib beradi, foydali qazilmalarni qidirib topish, tabiatni muhofaza qilish va tibbiyotda muhim amaliy ahamiyatga ega.