Landshaft morfologiyasi

Landshaft morfologiyasi – landshaftshunoslikning bir tarmog`i. Landshaft morfologiyasi – landshaftlarning ichki tipologik komplekslari (fatsiya, joy va h. k.) ni, ya’ni morfologik birliklarini tadqiq qiladi. Landshaft morfologiyasi landshaftlar strukturasiga ko`ra morfologik birliklar majmuidan iborat deb qaraladi. Landshaft morfologiyasi yirik masshtabli landshaftshunoslik tadqiqotlari olib borishga imkon beradi, shuning uchun ham katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Akademik V.B.Sochova rahbarligida rivojlantirilayotgan geotopologiya ham mazmuniga ko`ra Landshaft morfologiyasiga o`xshash.