Landshaft profili

Landshaft profili – landshaftning ma’lum bir yo`nalish bo`yicha o`tkazilgan grafik tasviri. Landshaft profilini tuzishda tanlab olingan gorizontal va vertikal masshtabda barcha tabiiy komponentlar: reylef, geologik tuzilish, tuproqlar, o`simliklar, iqlim elementlari tushiriladi, landshaft komplekslarining chegaralari belgilanadi. Landshaft profili landshaftning komponentlari va morfologik qismlari strukturasini hamda joylanishini yaqqol aks ettiradi.