Landshaftning relikt elementlari
Landshaftning relikt elementlari – qadimgi landshaftlarning hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan namunalari. Ular hozirgidan boshqacha tabiiy sharoitda paydo bo`lgan, shuning uchun ham hozirgi tabiiy sharoit bilan yetarli uyg`unlikka ega emas. Landshaftning relekt elementlariga cho`llardagi qadimgi daryo vodiylari – o`zbo`ylar, daryo tirsaklarining asosiy o`zandan ajralib qolib ko`lmak hamda botqoqlik landshaftlarini hosil qilishi va h.k. lar kiradi. Ular landshaftlarning rivojlanish tarixini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.