Landshteyner
Landshteyner (Landshtayner; Landsteiner) Karl (1868.14.6, Vena yaqinidagi Baden — 1943.26.6, Nyu-York) — avstriyalik immunolog, immunogematologiya asoschilaridan. Vena (1911 yildan) va Rokfeller (Nyu-York, 1922 yildan) universitetlari professor. 1922 yildan AQShda. Odamning qon gruppalarini (1900, Ya. Yanek bilan birga) va rezus-faktorni (1940, A. Viner bilan hamkorlikda) kashf etgan, P Levin bilan odam qoni eritrositlaridagi 2 antigenni aniqlagan. Zahm diagnostikasini, 1909 yilda E. Popper bilan hamkorlikda poliomielit infektsion kasallik ekanligini tadqiq qilgan. Uning kompleks antigenlar borasidagi ilmiy izlanishlari immunologiya fani rivojiga salmokli hissa qo’shdi. Nobel mukofoti laureati (1930).