Landsnextlar

Landsnextlar (nemischa Landsknecht)-XV-XVII asrlarda nemis yollanma piyoda qo’shini. Atama 1470 yili Burgundiya gertsogi Karl Dovyurak solnomachisi Piter van Xagenbax tomonidan ilk bor tilga olingan. Ritsarlardan farqli o’laroq, Landsnextlar quyi tabaqalar vakillaridan yig’ilgan. Har qanday yollanma qo’shin singari Landsnextlar ham ko’p bor mahalliy aholini talash bilan shug’ullangan. Ikki hissa maosh evaziga xizmat qilgan. Landsnextlar doppelsoldnerlar deb atalgan.