Langar daryosi haqida eshitganmisiz?

Langar daryosi haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastida. Langar qadimgi toponimik termin bo’lib, uning tarqalish areali nihoyatda keng. Bu so’z O’rta Osiyo, Afg’oniston va Eron toponimiyasida uchraydi. Termin hind-yevropa tillariga xos bo’lib, tojik va fors tillarida “kema langari (yakor)” ma’nosida qo’llaniladi. Xuddi shu ma’noda u so’z golland, nemis, ingliz va fransuz tillarida (anker) uchraydi. Langar so’zi ancha ma’noda, masalan, karvon saroy, pochta bekati, g’arribxona va boshqa ma’noda keladi. Shunisi qiziqki, bu xil nomlarni ko’proq qadimgi karvon yo’llarida uchratish mumkin. A.Z.Rozenfeld Langar terminini tekshirar ekan, qadimgi yozma manbalarda va keyingi toponimik nomlar tarkibida “bekat va to’xtash joyi” ma’nosida ishlatilgan.

Fikr bildirish