Langar koni

Langar koni – Janubiy Nurota tog’larining Oqtov granitsimon massi-vining g’arbiy va Janubiy-g’arbiy kontakt zonasida joylashgan volfram va vollastonit koni. Langar koni skarnli-rudali konlar turiga mansub. Skarnli zonalarning uzunligi 30-500 metr, qalinligi 0,1 — 35 metr, chuqurligi 80-200 metr. Skarnlarda volfram va vollastonitdan tashqari, piroksen, granit, epidot, vezuvian va boshqa minerallar ham uchraydi. Langar skarnlarining sheelitta boiligini ilk bor 1934 yil prof. N.A.Smolyaninov aniqlagan. 1959 yildan boshlab sheelit-molibden koni sifatida foydalanilgan, keyinroq rudali maydonning pegmatitli jinslaridan dala shpati kontsentrati olingan. Kontakt metamorfizmi ta’sirida cho’kindi jinslar rogovik va ohaktosh-silikatli rogoviklarga aylangan. Ushbu jinslarning kontaktiga Langarning skarnli-rudali jinslari ham to’g’ri keladi. Sheelit va molibdenit sanoat ahamiyatiga ega komponentlar hisoblanadi.