Lantanoidlar

Lantanoidlar (lantan va Yunoncha eidos — ko’rinish), lantanidlar — mendeleyev davriy sistemasining IV davrida lantandan so’ng joylashgan va xossalariga ko’ra, unga o’xshaydigan kimyoviy elementlar guruhi. Tartib raqamlari 58 dan 71 gacha bo’lgan 14 element: tseriy (Se), prazeodim (rg), neodim (Nd), Pro- metiy (rt), samariy (Sm), evropiy (Ey), gadoliniy (Gd), terbiy (Tb), disproziy (Dy), golmiy (No), erbiy (eg), tuliy (TT), itterbiy (Yb), Lyutesiy (I)dan iborat. Bu guruh elementlari lantan, ittriy, skandiylar bilan birgalikda nodir- yer elementlari deb ataladi. Lantanoidlar tseriy va ittriy guruhchalariga bo’linadi. Lantanoidlarning bir necha tabiiy va sun’iy izotoplari mavjud. Lantanoidlarning sirtqi ikki elektron qobiqlari bir xil tuzilganligi tufayli ularning fizik-kimyoviy xossalari, spektrlari o’xshash. Lantanoidlar — kumushdek oq, ba’zilari, masalan, prazeodim, neodim sarg’ish metallar. Tseriy guruhchasi elementlarining suyuqlanish temperaturasi ittriy guruhchasi elementlariga qaraganda ancha past. Barcha Lantanoidlar va lantanda paramagnit, ba’zilarida ferromagnit xossalari bor. Ular juda toza metall va yumshoq bo’lgani uchun ishlovi oson. Ko’pgina Lantanoidlar uch, ba’zilari to’rt va ikki valentli Lantanoidlar va lantan kimyoviy jihatdan juda faol. Ular ancha turg’un oksidlar, galogenidlar, sulfidlar hosil qiladi, vodorod, uglerod, uglevodorodlar, uglerod (II)- va (IV)- oksid, azot, fosfor va boshqa elementlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Lantanoidlar suvni parchalaydi, xlorid, sulfat, nitrat kislotalarda oson eriydi. Ftorid va fosfat kislotalar ta’siriga chidamli. Lantan, tseriy, prazeodim, neodim quruq va nam havoda uy temperaturasidayoq tez korroziyaga uchraydi. Qolgan metallar kam oksidlanadi, yaltiroqligini uzoq vaqt saqlaydi. Lantanoidlar oksidlari juda mustahkam bo’lib, yuqori temperatuada, masalan, lantan oksid (La2O3) 2000°, tseriy oksid (SeO3) 2500° da suyuqlanadi. 200°dan yuqorida Lantanoidlar galogenlarning hammasi bilan faol reaktsiyaga kirishadi. Hosil bo’lgan galogenidlar ancha yuqori temperaturada suyuqlanadi va qaynaydi. Lantanoidlar vodorodni uy temperaturasidayoq biriktirib oladi; 200— 250° da reaktsiya tezlashib, gidridlar hosil bo’ladi. Azot bilan esa 750— 1000°da reaktsiyaga kirishib, RN (bu yerda R — Lantanoidlar) ko’rinishidagi nitridlar hosil qiladi. Lantanoidlar qizdirilganda uglerod, uglerod (P)-oksid, karbonat angidrid, metan gazi bilan birikadi va RC2 (bu yerda R—Lantanoidlar) ko’rinishidagi karbid hosil qiladi. Ular havo va suvda oson parchalanadi. Lantanoidlar oltingugurt bug’larida qizdirilganda sulfidlar hosil bo’ladi. Ular issiqqa chidamli va qiyin suyuqlanadi. Lantanoidlarning gidroksidlari asos xossalarini namoyon qiladi, suvda va ishqorlarda oz eriydi. Uch valentli Lantanoidlarning xloridlari, sulfatlari va nitratlari suvda eriydi. Ftoridlari va oksalatlari suvda va suyultirilgan mineral kislotalarda oz eriydi. Lantanoidlarning fosfatlari, karbonatlari va ferrisianidlari suvda qiyin eriydi. Lantanoidlar ko’pgina organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan limon kislota va aminopoli-sirka kislota qatori — nitrilotri-sirka kislota (nta) va etilendia-mintetrasirka kislota (EDTA) va boshqalar bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Lantanoidlar yer po’stining massa jihatdan 1,78-10~2%ini tashkil qiladi. Ayniqsa, lantan, tseriy va neodim keng tarqalgan. Lantanoidlar tarkibida nodir-yer elementlari bor minerallardan (250 dan ortiq) metallotermik hamda elektroliz usulida olinadi. Lantanoidlar qora va rangli metallurgiya, shisha, kimyo, to’qimachilik sanoatida, optik asboblar va teri (ko’n) ishlab chiqarishda, radio-elektronika sanoatida, atom reaktorlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtda Lantanoidlardan qishloq xo’jaligida insektisid va mikroo’g’it sifatida foydalanilmoqda. Stalina Qosimova.