Lao She
Lao She (taxallusi; asl ismi shu Sheyuy) (1899.3.2 – Pekin -1966.24.8) — Xitoy xalq yozuvchisi. «Muhtaram Chjanning falsafasi» (1976), «ikki Ma» (1928) romanlarida Xitoyga chet el sarmoyasining kirib kelishi, ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari ifodalangan. «Mushuklar saltanati» (1931) satirik romani Gomindan tartibi haqida. «Ayriliq» (1933), «Syantszi tuyasi» (1935), «panjara» (1956) va boshqa romanlarida oddiy, mehnatkash insonlar qismati aks ettirilgan. Lao She Yaponiyaga qarshi urushga (1937-45) bag’ishlab turkum dramalar ham yaratgan («Nomus», 1940; «Mamqlakat manfaatlari hamma narsadan ustun», 1943 va boshqalar). Lao She 1946-49 yillarda AQShda yashab, bu davrda Yaponiyaning Xitoyga bosqini aks ettirilgan «bir boshpana ostidagi to’rt avlod» trilogiyasi ustida ishlagan. «Fan Chjench-ju», «Lunsyuygou» (1950), «choyxona» (1957) pyesalarida 1949 yildan keyin mehnatkashlar ongidagi o’zgarishlar hikoya qilinadi. «Adolat mushti» (1961) tarixiy dramasida 1899-1901 yillarda Xitoyda ko’tarilgan qo’zgolon aks etgan. «Beva ayol qissasi» va «Mushuklar saltanati» satirik romani Baxtiyor omon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1994, 1996).