Laterit tuproqlar

Laterit tuproqlar (lotincha later – g`isht) – sernam tropik o`rmonlar tagida tarkib topgan tuproqlar. Janubiy Amerikada, Markaziy Afrikada, Janubi-Sharqiy Osiyoda va Avstraliyaning shimolida keng maydonlarda tarqalgan. Tarkibida temir ko`pligidan rangi ko`proq qizil bo`ladi. Ustki qismida chirindi 4-6%. Laterit tuproqli o`lkalarda sholi, kakao, geveya, kofe va boshqa ekinlar ekiladi.