Latoband dovoni
Latoband dovoni – Turkiston tizmasi tarkibiga kiruvchi Qizilkamar tog’lari (Jizzax viloyati)dagi dovon. Balandligi 1995 metr. Mart—oktabr oylarida foydalanish mumkin. Dovon orqali Baxmal tumani markazi Usmatdan Yangiobod qishlog’i va Zafarobod shaharchasiga o’tilib, Zarafshon vodiysiga (Tojikiston Respublikasi) tushiladi.