Lattaband
Lattaband — Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi soy, Bulung’ur va Baxmal tumanlari hududidan oqib o’tadi. Turkiston tog’ tizmasidagi Shingak dovoni yaqinidagi (2450 metr) buloqlardan boshlanadi. G’arb va shimoli-G’arb tomon oqib borib, Qozoqqishloq yaqinida eski Tuyatortar kanaliga quyiladi. Uzunligi 21 kilometr, suv yig’ish maydoni 26 km2. Yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Bahorda suvi ko’payadi. Yigirmaga yaqin irmog’i (umumiy uzunligi 24 kilometr) bor.