Lava

Lava (lotincha Labes — o’pirilish) — vulkan kraterlari, yer yoriqlaridan oqib yoki otilib chiqadigan olovsimon suyuq va qovushqoq modda (magma). Lavaning sovib qotishidan effuziv tog’ jinslari hosil bo’ladi. Lavaning harorati kimyoviy tarkibi va undagi gaz miqdoriga qarab keskin farq qiladi. Masalan, Iileveluch (Kamchatka) vulkani andezitli lavasining temperaturasi 700-750°, Lassen-Pik (Kaliforniya) dasit lavasiniki — 75°, Klyuchi Sopkasi bazalt lavasiniki — 870-1200° bo’lgan. Tarkibidagi silikat kislota (SiO2)HHHr mikdoriga qarab asosli (SiO2 < 52%), o’rta (SiO2 > 65%) va nordon (SiO2 < 65%) Lavalarga bo’linadi. Asosli va o’rta Lavalardan bazalt, andezit va diabazlar paydo bo’ladi. Nordon Lava quyuqroq bo’lgani uchun katta maydonlarga yoyilmay do’nglik (gumbaz)lar hosil qiladi. Odatda, nordon Lavalar uchuvchan komponentlarga boy bo’lib, shiddatli vulkan otilishlarini vujudga keltiradi. Nordon Lavadan kvarsli porfir, liparit, dasit, felzitlar hosil bo’ladi.