Laylaksimonlar
Laylaksimonlar (Ciconiiformes) — qushlar turkumi. 10 oilaga mansub turlari ma’lum. O’zbekistonda qarqaralar, laylaklar, ibislar oilasiga mansub 13 turi uchraydi. Laylaksimonlarning tumshug’i, bo’yni va oyoklari uzun. Og’irligi 100 grammdan 6 kilogrammgacha. Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan, lekin ko’pchiligi tropik va subtropik iqlimda yashaydi. Uyasini daraxtlar shoxiga, qamishzorlar orasiga, qoyalar ustiga, binolar tomiga va yerga quradi. 2-8 ta tuxum qo’yadi. Kichikroq turlari 2,5 haftagacha, yirik turlari 5 haftagacha tuxum bosadi. Suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Monogam. Ba’zilari qishloq xo’jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. Laylaksimonlarning 9 turi xalqaro qizil kitobga, bir necha turlari har xil davlatlar qizil kitoblariga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasi qizil Kitobiga 4 tur, jumladan, oq laylak va qora laylak kiritilgan.