Laylat ul-qadr

Laylat ul-qadr-ramazon oyining 27-kunga o’tar kechasi. Islom diniga sig’inuvchilar har yili shu kechada Olloh har bir insonning ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning taqdiri haqida hukm chiqaradi deb tasavvur qiladilar. Mana shuning uchun ham Laylat ul-qadr kechasini Qur’on o’qib, Ollohga iltijo qilib, duo va ibodat qilib o’tkazish rasm bo’lgan.