Le-man

Le-man — Frantsiyaning shimoliy- g’arbiy qismidagi shahar, sarta daryosi sohilida. Sarta departamentining ma’muriy markazi va men tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 150,6 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Avtomobilsozlik, aviasozlik, to’qimachilik, kimyo sanoati, televizorlar ishlab chiqarish korxonalari, badiiy muzey bor. Me’moriy yodgorliklardan sobor (11— 12-asrlar) va cherkovlar (10-14-asrlar) saqlangan.