Lendlordizm
Lendlordizm (inglizcha landlord)-Buyuk Britaniyaga xos bo’lgan yirik mulkdorlik tizimi; yirik yer egalari-lendlordlarning yerga nisbatan monopoliyasiga asoslangan. Lendlordizm Angliyada XIV-XV asrlarda shakllana boshladi. Lendlordizm asoslari Angliya burjua inqilobi davrida mustahkamlandi. “G’ov tutish” natijasida XVIII asrga kelib dehqonlarni yerdan mahrum etish yakuniga yetdi. Ledlordlar qo’lida ulkan yer maydonlari to’plandi. Bu paytda ularning manfaatlarini torilar partiyasi himoya qilardi. XIX asrda sanoat burjuaziyasining o’sishi lendlordlar ta’sirini pasaytirdi, ular uchun foydali bo’lgan “Non qonunlari” bekor qilindi (1846), 18322, 1867 yilgi va boshqa islohotlar bilan imtiyozlari cheklandi.