Leonardo Pizano

Leonardo Pizano (Leonardo Pisano), Fibonachchi (Fibonacci) (1170— 1240) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, Arab matematika yutuqlari bilan tanishib, ularning G’arbda tarqalishiga katta hissa qo’shgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonachchi sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va «amaliy geometriya» nomli asar (1220) yozgan. Leonardo Pizanoning bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida ma’lumot beruvchi birinchi asardir.