Levkovich Boris Apollonovich

Levkovich Boris Apollonovich (1886.23.6, Samarqand — 1966.30.4, Toshkent) — paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi bo’yicha olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1956), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1930). Varshava politexnika institutini tugatgan (1915). O’rta Osiyo universitetida o’z tashabbusi bilan tashkil etgan paxtani dastlabki ishlash kafedrasida ishladi (1927). O’rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutida dekan (1929), professor (1930-31), Toshkent to’qimachilik institutida kafedra mudiri (1932— 66). Ilmiy ishlari paxtaga dastlabki ishlov berish, chigitdan tola ajratishning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan. As: elementi teorii djinirovaniya, T., 1938.