Ley

Ley — 1) Ruminiya Respublikasi pul birligi. 1867 yildan muomalaga chiqarilgan (1890 yilgacha mamlakatda frantsuz franki bilan birga muomalada bo’lgan), 1890 yildan yagona milliy valyuta. 1 Ley =100 ban. Xalqaro ifodasi ROL. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari=33261 Ley (2003, mart). 2) Moldaviya Respublikasi pul birligi. 1993 yil 29 noyabrda muomalaga chikarilgan. 1 Ley = 100 ban. Xalqaro ifodasi MOL. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari= 14,38 Ley (2003, mart).