Lezgin tili
Lezgin tili – lezginlar tili. Kavkaz tillari oilasiga mansub. Janubiy Dog’iston va shimoliy Ozarbayjon hududida tarqalgan. Bu tilda 347,6 ming kishi so’zlashadi (1980). Lezgin tili gyuney, kurax, yarkin, axtin, kuzparin, Kubin, fiy kabi shevalarga bo’linadi. Fonematik tizimida 5 unli va taxminan 60 undosh fonema bor. Urg’usi kuchli, ko’pincha so’zning ikkinchi bo’g’iniga tushadi. Otlar 18 kelishik, shu jumladan, 14 mahalliy kelishik bo’yicha turlanadi. Olmoshlarning barcha turlari mavjud. Fe’l shaxs va son bo’yicha tuslanmaydi. Fe’l zamoni va mayli murakkab shaklga ega. Yozuvi rus grafikasi asosida.