Liberalizm
Liberalizm (lotincha liberas-ozod, erkin so’zidan)-XVII-XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni e’lon qilgan g’oyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim. L.J.Lokk, A.Smit, Sh.Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm g’oyalari birinchi bor AQSh Konstitutsiyasi (1787) hamda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida (1789) mujassam bo’lgan.