Liberiya
Rasmiy nomi — Liberiya Respublikasi. Poytaxti — Monroviya. Hududi – 111,4 ming km.kv. Aholisi – 3,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — majusiylik (70%), islom (16%). Pul birligi — liberiya dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Sharqda Kot-d’ Ivuar bilan (chegara uzunligi — 716 km), shimolda Gvineya (chegara uzunligi — 563 km) va Syerra-Leone (306 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy va g‘arbiy qismlari Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 1585 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 579 km. Mamlakat hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Shimolida mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Nimba tog‘i (1752 m) joylashgan Leono-Liber tepaliklari mavjud. Asosiy daryolari — Mono, Loffa, Sent-Pol, Sent-Jon. Tabiiy boyliklari — temir rudasi, olmos, oltin, yog‘och. Mamlakat hududining 1/3 qismini daraxtlarning qimmatbaho turlari ko‘p bo‘lgan doimiy yashil tropik o‘rmonlar tashkil qiladi. Iqlimi — subekvatorial, issiq va nam. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibida 13 ta graflik bor. Liberiya o‘z mustaqilligiga 1847-yil 26-iyulda erishgan (milliy bayrami — Mustaqillik kuni). Mamlakatda qonunchilikning ikkilik tizimi amal qiladi: Amerika umumiy huquqiga asoslangan va qabilalar qonunlariga asoslanib qabul qilingan huquqiy tizim. Butun ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat rais boshchiligidagi Davlat Kengashiga tegishli. Asosiy partiyalari — Liberiya milliy vatanparvarlar fronti, Liberiya demokratiya uchun birlashgan ozodlik harakati. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. 1990-yilda fuqarolar urushi boshlangunga qadar mamlakat iqtisodiyoti asosan kauchuk ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash (asosan eksport uchun) bilan bogiiq bo‘lib, qishloq xo‘jaligi esa qulay iqlim sharoiti tufayli muvaffaqiyatli rivojlanib kelgan. Etnik qarama- qarshiliklar natijasida ko‘pchilik aholi mamlakatni tark etishdi, ular bilan birga kapital mablagiarning chiqib ketishi kuzatildi. Asosiy savdo hamkorlari — Niderlandiya, YI. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 490 km, avtomobil yo’l laming uzunligi — 10087 km. Mamlakatning asosiy portlari: Byukenen, Krinvill, Monroviya, Xarper.
Tarixi. Portugallar tomonidan XV asrda kashf etilgan Liberiya tez orada qul savdosi markazlaridan biriga aylandi. XIX asming 20-yillarida Afrikaga qaytib kelgan qullar 1847-yili mustaqil Liberiya respublikasini tuzdi lar. Bu respublika konstitutsiyasi amalda AQSH konstitutsiyasidan ko‘chirib olingan edi. 1985-yilgi harbiy davlat to‘ntarishi mamlakatni hukmron tartib tarafdorlari va Liberiya vatanparvarlar milliy frontiga bo£lib yubordi. Bu holat 1990-yili mamlakatda fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. 1998-yilda rasmiy hukumat va muxolifatdagi partiyalar o‘rtasidagi raqobat kuchaya bordi. Bosh vazir Pakalitxa Mosisili JAR dan harbiy yordam so‘radi va 1998-yil oxirida isyonchilar mag‘lub bo‘lishdi. 2002-2003-yillardagi qattiq qurg‘oqchilik aholining 1/3 qismini ocharchilikka mubtalo etdi. Xalqaro hamjamiyat 600 ming odam uchun 57 ming tonna oziq-ovqat yetkazib berdi. Hozirgi kunda ichki siyosatining asosiy yo‘nalishlari — chet el investitsiyalarni kiritish va ishsizlik muammosini hal etish (aholining 45 % ishsiz).