Lignin
Lignin (lotincha lignum — daraxt, yog’och) — tabiiy murakkab polimer modda. Molekulyar modda 1000 dan 150000 gacha, zichligi 1250— 1450 kg/m3. Tomirli o’simliklarning hujayralarida bo’ladi. Lignin hujayra qobiqlarida to’planib hujayrani yog’ochlantiradi va uni mustahkam qiladi. Keng bargli daraxtlar tarkibida 20— 30%, igna bargli daraxtlar tarkibida 50% gacha Lignin bor. Lignin molekulasi aromatic spirtlarning polimerlanishida hosil bo’lgan moddalardan iborat. Lignin sariq- jigarrang amorf modda, suv va organik erituvchilarda erimaydi. Lignin quyidagicha hosil bo’ladi: shikim kislota – fenilalanin – dolchin kislota – ferul kislota – koniferil spirt – Lignin Lignin tsellyuloza va gidroliz sanoatida chiqindi mahsulot hisoblanadi. Yoqilg’i, donador faol ko’mir, g’ovak g’isht, o’g’it, to’ldiruvchilar, masalan, plastmassa ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.