LINCHYOPING

LINCHYOPING – Shvetsiyaning Janubiy qismidagi shahar, Vettern va Venern ko’llarini mamlakatning Sharqiy sohillari bilan bog’lovchi Gyotakanal bo’yida. Estergyotland Lenining ma’muriy markazi. Aholisi 126,2 ming kishi (2000). Mashinasozlik, asosan, aviasozlik, radioelektronika, harbiy sanoat korxonalari («Saab» kontserni), universitet bor. Shaharga 12-asrda asos solingan.