“Lind sudi”

“Lind sudi” (inglizcha lynching, the Linch law)-jinoyatda yoki jamiyat odatlarini buzishda ayblangan kishining sudsiz, tergovsiz, odatda, olomon tomonidan o’ldirilishi. “Lind sudi” mustaqillik uchun kurash davrida bu usulni qo’llagan amerikalik sudya Charlz Linch yoki 1780 yili Pensilvaniyada sudsiz tan jazolari haqidagi “Linch qonuni”ni joriy etgan kapitan Uilyam Linch sharafiga qo’yilgan degan ikki xil qarash mavjud. Sudsiz, tergovsiz jazolash azaldan keng qo’llanilgan bo’lsa-da, “Lind sudi” AQShda XIX asr va XX asrning 1-yarmida maxsus ijtimoiy hodisa tusini oldi. “Lind sudi”ning 85% janubiy shtatlarga to’g’ri kelgan. Sudning asosiy maqsadi fuqarolari urushidan keyin ozodlikka chiqqan qora tanglilar va ilg’or fikrli kishilarni jismonan yo’q qilish edi.