Litoral

Litoral (Yunoncha lithoralis – qirg’oqqa tegishli) — dengiz sohilining suv bosib turadigan suv ko’tarilish-qaytish zonasi. Mo’tadil iqlim Litoralida bir kecha- kunduz va yil davomida xarorat, suvning sho’rlanishi ancha o’zgarib turadi. Shu sababdan Litoralda keng mikyosda moslanish xususiyatiga ega bo’lgan yevribiont turlar: suvo’tlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvo’tlar), qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar, mollyuskalar (midiya, littorina va boshqalar) va boshqa organizmlar yashaydi. Qishda Litoral muzlab qolishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar sublitoralga ko’chib o’tadi, boshqalari o’zining faol hayotiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Mo’tadil iqlimda 1m2 sovuq Litoralda 5— 10 kilogramm biomassa hosil bo’ladi. Arktika yoki Antarktida ta’sirida Litoralda deyarli hayot bo’lmaydi. Chuchuk suvli ko’llarda Litoral 5-7 metr chuqurlikkacha hayotga eng boy zona hisoblanadi.