Livan tog’lari
Livan tog’lari (Arabcha – Jabal Libnon) — G’arbiy Osiyodagi tog’ tizmasi, Livan hududida. O’rta dengiz sohili bo’ylab 170 kilometr masofaga cho’zilgan. Eni 45 kilometrgacha. Eng baland joyi 3088 metr (Karnot as-Sauda cho’qqisi). Sharkda Bekaa botig’i bilan chegaralangan. Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan iborat. Yon bag’irlari tik, butalar bilan qoplangan. Ba’zida o’rmonlar uchraydi. Yillik yog’in 1000-3000 mm. Ohaktoshdan tuzilgan joylarida karst rivojlangan. dovonlari 1500 metrcha balandlikda.