Liviya

Rasmiy nomi — Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jarnahiriyasi. Poytaxti — Tripoli. Hududi — 1759540 km2. Aholisi – 6,2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — liviya dinori.  Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Afrikada joylashgan. Sharqda Misr bilan (chegara uzun­ligi — 1150 km), janubda Chad respublikasi (1055 km) va Niger bilan (354 km), janubi-sharqda Sudan bilan (383 km), g‘arbda Jazoir bilan (982 km), shimoli g‘arbda Tunis bilan (459 km) chegaradosh. Shimoli 0‘rta Yer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 4383 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa — 1770 km. Mamlakat hududining katta qismini yassitog‘lik, shimolini esa O‘rta Yer dengizi bilan tutashgan qirg‘oqoldi tekisliklari egallaydi. Sharqida esa Siva, Fayyum, Jalo, Kufra vohalari bilan bo’linib turadigan Liviya cho‘llari joylashgan. Asosiy tabiiy boyliklari neft va tabiiy gaz. Iqlimi — subtropik.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — jumhuriyat (xalq davlatchiligi). Liviya 1951-yil 24-oktabrda Italiyadan mustaqillik oldi. Qonunchilik italyan fuqarolik huquqiga va islom qonunchiligiga asoslangan. Milliy bayrami — 1-sentabr — inqilob kuni (1969). Davlat va hukumat boshlig‘i — Liviya Inqilobi yo‘lboshchisi Muammar Kaddafi (1969-yil sentabrdan beri hokimiyat tepasida). Qonun chiqaruvchi hokimiyat Umumiy Xalq Kongressi tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalar 1977-yili tarqatib yuborilgan.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosini neft qazib olish sanoati tashkil qila­di. Mamlakatning asosiy portlari: Tobruk, Tripoli, Beng‘ozi, Morea-al- Breyka va boshqalar.  Tarixi. М. a. VIII asrda hozirgi Liviya hududida Finikiya shahar-davlatlari shakllana boshladi, m. a. VII asrdan esa bu hudud grek koloniyalariga aylantirildi. М. a. I asrdan boshlab Rim provinsiyasi, V asrda esa vandallar tomonidan bosib olindi. 533-yili Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. 643-yili mamlakatni arablar egallashdi, ular bu yerda o‘z tillarini va islom dinini joriy qilishdi. XVI asrda Liviya turk korsarlari ta’siriga tushib, Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismiga aylandi. Italiyaliklar bu yerga XIX asrning oxirlarida kirib kelishdi, 1911-yili esa Turkiyaga qarshi urush e’lon qilib, Liviyaning ayrim hududlarini egalladi- lar. 1916-yili mamlakat yana turklar tomonidan bosib olindi, lekin birinchi jahon urushidan so‘ng Itahya bu yerda o‘z hukmronligini qayta tikladi. 1934-yili hozirgi Liviya hududlari Italiya mustamlakasi deb e’lon qilindi, lekin 1943-yili nemis va italyan qo’shinlarining mag‘lubiyatidan so‘ng Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruvi ostiga o‘tdi. 1951-yili BMT rezolyutsiyasiga ko‘ra Liviya mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Liviya qiroli Idris I mamlakatni 1969-yilga qadar idora qildi. 1969-yili qirol Idris I rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo‘nab ketganida bir guruh ofitserlar hokimiyatni egallab olishdi va mamlakatni Liviya Arab Respublikasi deb e’lon qilishdi. 1977-yil 3-martdan boshlab mamlakat Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb atalib kelmoqda.