Livoniya

Livoniya (Livonia) — 1) Daugava va Gauya daryolari quyi oqimida Liv xalqlari joylashgan viloyat (12-asr — 13- asrning boshlari); 2) hozirgi Latviya va Estoniyaning 13-asrning 2-choragidan nemis risarlari tomonidan egallangan butun hududi; 5 ta davlat uyushmasi (Livon ordeni, Riga arxiepiskopligi, Kurlyandiya, Derpt va Ezel episkopliklari); 3) zadvinsk gersogligi hududi (1561-1629).