Lochin

Lochin (Falco peregrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 santimetrgacha, qanotlari yoyilganida 115 santimetrgacha, vazni 1,2 kilogrammgacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, O’rta Osiyoda sahro Lochini va tundra Lochini uchraydi. Sahro Lochini o’troq yashaydi; tundra Lochin faqat qishlash uchun uchib keladi. Monogam. Uyasini tomik va jarli joylarga quradi. Aprel—mayda 2-3 ta tuxum qo’yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo’lguncha ota-onasining qaramog’ida bo’ladi. Qushlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Sahro Lochini va tundra Lochini qushlarni ovlashga o’rgatiladi.