Lodra

Lodra (hindcha)-og’irlik o’lchov birligi. Qiymati ishlatish joyi va davriga qarab har xil. O’rta asrlarda 1 Lodra 176 usmoniylar dirhamiga, ya’ni 564,432 grammga teng bo’lgan. Mag’ribda 1 Lodra 416,67 grammga teng edi.