Lopolit

Lopolit (Yunoncha lopas — tovoq va lithos — tosh) — magmatik tog’ jinslarining o’rtasi cho’kkan va chekkalari ko’tarilgan yassi tovoq ko’rinishida yotishi. Hozirda Lopolitning ko’ndalang kesimi voronkasimon va ichki strukturasi tovoqsimon ekanligi aniqlangan. Lopolit Yer po’stiga singgan magma yer yuzasiga yaqin kelsa va Lopolit yuzasini qoplagan cho’kindi jinslar magma o’chog’i zonasi tomon egilganda yuzaga keladi.