LORENTS KUCHI
LORENTS KUCHI — magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta’sir etuvchi kuch. Bu kuchni X. A. Lorents 1884 yilda Xoll efektini tahlil etish jarayonida aniqlagan. Lorents kuchi hamma vakt zaryadli zarraning harakat tezligiga tik yo’nalganligi sababli, hech qanday ish bajarmaydi va markazga intilma kuch vazifasini o’taydi.