LOS-ALAMOS

LOS-ALAMOS — AQShning Janubi- g’arbidagi shahar, Nyu-Meksiko shtatida. Xeless (qoyali tog’lar) tog’larida, 2200 metr balandlikda joylashgan. Shaharga 1942 yilda atom energiyasidan foydalanish va yadro qurollari (dastlabki atom bombalari) ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlar markazi sifatida asos solingan. Los-Alamosda ilmiy tadqiqot institutlar majmuasi — Kaliforniya universiteti qoshidagi Los-Alamos ilmiy laboratoriya bor.