LOY

LOY — 1) gilning suv bilan hosil qilgan aralashmasi; 2) tuproqni suvga qorib, somon, ba’zan jun kabi narsalar aralashtirib tayyorlangan maxsus qurilish materiali. Imorat va devorlarni suvoq qilishda, kulolchilikda ishlatiladi.