LURISTON
LURISTON — G’arbiy Erondagi tarixiy viloyat. Qadimda bu hududda kassitlar yashab, u Elam davlati tarkibida bo’lgan. Miloddan avvalgi 10-9-asrlarda Janubiy Eron qabilalari kelib joylashgan. Kichik Luriston — lurlar viloyati. Katta Luriston esa Baxtiyoriylar, mamasenilar, ko’hgiluylar yurti bo’lgan. Hozirgi Eronda — Oston (ma’muriy- hududiy birlik). Bosh shahri — Xurramobod.