LVOV ANRE MISHEL
LVOV ANRE MISHEL (1902.8.5, Ene-Le-Shato) — frantsuz mikrobiologi va biokimyogari, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1976 yildan). Parij univeristeti professor (1959-68), Rak kasalligi milliy tadqiqot instituti direktori (1968-72). Asosiy ilmiy ishlari mikroblarni o’stiruvchi omillar, viruslar fiziologiyasi, fermentlar induktsiyasi va repressiyasiga oid. Omil V ning koferman ekanligini isbotladi va uning bakteriyalar uchun fiziologik rolini aniqladi. Lvovning ishlari F. Jakov va J. L. Mono ilgari surgan bakteriyalarda oqsil sintezining genetik regulyatsiyasi mexanizmi haqidagi gipotezaning asosini tashkil etadi (operon kontseptsiyasi). Nobel mukofoti laureati (1965, Jakob va Mono bilan hamkorlikda).