Machay g’ori
Machay g’ori — Surxondaryo VI- loyatining Boysun tumanida joylash- gan ibtidoiy odamlar manzilgohi (mil. AV. 12—6ming yillik). Ko’hitang tog’i yaqinida, Machaydaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. O’. Islomov tomonidan o’rganilgan (1970-71). M.G’.ning bal. 3,5—4 m, uz. 8 m, kengligi 10 m ga etadi. Ikki madaniy qatlamdan iborat: ustki qatlam mezolit davriga, tepa qatlam — so’nggi mezolit va ilk neolit davriga oid.M.G’.dan mehnat qurollari, yovvoyi hayvonlarning suyaklari, oziq-ovqat qoldiklari chiqqan; ushbu madaniy qatlamning qalinligi 40 sm ga etadi, bu esa shu g’orda uzoq vaqt davomida ibtido- iy odamlar yashaganidan dalolat beradi. Mehnat qurollari tayyorlashda yovvoyi hayvonlarning suyaklaridan foydala- nilgan. Qurollarni (teshkichlar, kamon o’qlari) tayyorlash jarayoni birmuncha tezlashadi. Bundan tashqari, toshdan tay- yorlanishi juda Qi-yin bo’lgan teshikli igna, ponasimon va tishli asboblar va b. qurollar kabi tamomila yangi qurol shakllaridan foydalaniladigan bo’lgan. Tosh qurollar, paykonlar, botiq tig’li qurollar, keskichlar va b. qurol turlari- ning soni ortgan.