Ma’dan

Ma’dan (Arabcha; ko’pligi maodin) — 1) o’rta asr Sharq mualliflari, jumladan, Beruniy, Ibn Sino va boshqa asarlarida kon, metall, ruda, mineral va umuman yer osti foydali qazilma boyliklari ma’nosida qo’llanilgan; 2) har bir narsaning asli joyi.