MADANIY-INFORMATSION ELITA
MADANIY-INFORMATSION ELITA — tarkibini jamiyatda ijtimoiy fikr shakllanishiga jiddiy ta‘sir o’tkazuvchi ko’zga ko’ringan fan va madaniyat arboblari, taniqli jurnalistlar, yuqori martabali din peshvolari tashkil etadi. Ushbu guruhning bosh vazifasi omma ongida elita manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy fikrni shakllantirish, elita hukumronligi va u qabul qilayotgan qarorlarning to’g’ri ekanligini mafkuraviy asoslab berishdan iboratdir.